Keyingi 3 kunda qanday ob-havo bo‘lishi aytildi
Bu qiziq
−
19 dekabr 2023
46610O‘zgidromet 20 dekabrdan oyning 22 sanasiga qadar O‘zbekiston hududida qanday ob-havo kuzatilishini ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, kelasi 3 kunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo qisman bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Joylarda tuman tushadi.
Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Harorat 20 dekabrda kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi. 21-22 dekabrda esa kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja sovuq harorat kutilmoqda.
Buxoro hamda Navoiy viloyatlarida ham havo qisman bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Joylarda tuman tushadi. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi.
Harorat 20-21 dekabrda kechasi 0-5daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi. 22 dekabrda kechasi -2/- 3 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq havo kutilmoqda.
Shuningdek, 20 dekabrda Navoiy viloyatining shimolida kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq, 21-22 dekabr kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida ham havo qisman bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Joylarda tuman tushadi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Harorat 20-21 dekabrda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq; 22 dekabr kechasi 2/-3 daraja sovuq, kunduzi 4-9 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida esa havo qisman bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Joylarda tuman tushadi. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi. 20-21 dekabrda harorat kechasi -3/- 2 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq, 22 dekabrda esa 7-12 daraja iliq bo‘ladi.
Vodiy hududlari – Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida qisman bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Joylarda tuman tushadi. Sharqdan 5-10 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.
Bundan tashqari, respublikaning tog‘li hududlari 20 dekabrda biroz bulutli bo‘ladi, joylarda qor yog‘adi. 21-22 dekabrda yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Joylarda tuman tushadi. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat 20-21 dekabrda kechasi 0-5 daraja, kunduzi -2/ -3 daraja sovuq, 23 dekabrda esa kechasi -2/-3 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
LiveBarchasi