Kerrik MYUdan ketish sabablarini ma’lum qildi

Sport

image

“Manchester Yunayted”ning sobiq futbolchisi Maykl Kerrik klubni boshqaradigan Ralf Rangnik bilan suhbat tafsilotlari va jamoa murabbiyligidan ketishi sabablarini aytdi.

U bo‘lajak murabbiy bilan telefon orqali suhbatlashgan va u kelishidan avval jamoadan ketishga qaror qilgan.

“To‘g‘risini aytsam, suhbatimiz qisqa bo‘ldi. Ralf bilan muzokaralar oldidan ham ketishga qaror qilishimni bilardim. Men halol bo‘lishni xohlayman, shuning uchun bu shaxsiy adovat emas. Rangnikda yaxshi jamoa va o‘yinchilar bor”, – deydi Kerrik. 

Eslatib o‘tamiz, kecha, 2 dekabr kuni Kerrik “Arsenal” mag‘lub etilganidan so‘ng (3:2), “Manchester Yunayted”ni tark etishini e’lon qildi.

Ma’lumot uchun, angliyalik futbolchi 2006 yildan 2018 yilgacha “Manchester Yunayted” safida 464 ta o‘yin o‘tkazgan. Bu vaqt ichida u besh marta Angliya chempioni bo‘lgan. U professional futbolchilik faoliyatini 2018 yilda yakunlagach, avval Joze Mourinoga, keyin esa Ole Gunnar Sulsherga assistenlik qildi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Sul'sher Ronaldu Mourin'o Man Yunayted Kerrik Rangnik

Baholaganlar

56

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing