Keraksiz majlis o‘tkazadiganlar ishdan ketadi – Prezident qat’iy ogohlantirdi
Jamiyat
−
27 yanvar 2021
8807Avval xabar berganimizdek, bugun, 27 yanvar kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlarning bandligini ta’minlash va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish chora-tadbirlari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi. Yig‘ilishda davlat rahbari majlisbozlikni tugatish kerakligiga to‘xtaldi.
“Keraksiz majlislarni o‘tkazishni tugatish kerak. Otbozorga aylanib ketyapti. Ba’zi rahbarlar majlisbozlik bilan kasal. Keraksiz majlislar o‘tkazadigan… 40 daqiqadan ko‘proq (majlis) o‘tkazadiganlar ishdan ketadi. Administratsiya va Prezident yig‘ilishlaridan tashqari”, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Hokimlar yig‘ilish o‘tkazmoqchi bo‘lsa, Prezident Administratsiyasi va Bosh vazirdan ruxsat olishi kerakligi ta’kidlandi.
“Majlisbozlik kasaliga chalingan bo‘lsanglar, uyda majlislarni o‘tkazing”, deya ta’kidladi Prezident.
Shuningdek, u majlisga ketgan vaqtning 50 foizini aholi va tadbirkorlar muammolarini hal qilishga ketkazilsa, shuning o‘zi katta natija berishini va odamlar rozi bo‘lishini qayd etdi.
LiveBarchasi