Keniyada gaz portlashi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi, 271 kishi jarohatlandi (foto)
Olam
−
03 fevral
2349Keniya poytaxti Nayrobida yuk mashinasida gaz portlab, kiyim-kechak va to‘qimachilik mahsulotlari sotuvchi Oriental Godown ombori hamda bir nechta turarjoy binolarida yong‘in kelib chiqdi. Bu haqda “Associated Press” agentligi Keniya Qizil Xoch jamiyati ma’lumotlariga tayanib, xabar berdi.
Bildirilishicha, favqulodda hodisa uch kishining o‘limiga sabab bo‘lgan, jarohatlanganlar soni 271 nafarga yetgan. Qurbonlar soni ortishi kutilmoqda.
Agentlikning aniqlik kiritishicha, portlash oqibatida yong‘in joriy yilning 1 fevral kuni mahalliy vaqt bilan soat 23:30 atrofida boshlangan.
Ombor, uylar va yuk mashinasidan tashqari yana bir qancha transport vositalari, korxonalar va do‘konlar zarar ko‘rgani aytilmoqda.
Agentlikning xabar berishicha, portlash vaqtida yuk mashinasidan gazballoni uchib chiqqan va u avtomobildan 200 metr uzoqlikdagi to‘rt qavatli turarjoy tomini teshib o‘tgan.
AP'ga ko‘ra, yonib ketgan omborda bir nechta yuk mashinalarining qoldiqlaridan boshqa hech narsa qolmagan.
LiveBarchasi