Keldiyorova xalqaro turnirda g‘olib bo‘ldi

Sport

image

Gruziya poytaxti Tbilisi shahri mezbonlik qilayotgan dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” musobaqasida finalga yo‘l olgan o‘zbekistonlik Diyora Keldiyorova hal qiluvchi bahsda Olimpiada chempioni kosovolik Distriya Krasnichiga qarshi tatamiga chiqdi.

Turnirning -52 kg vazn toifasidagi bellashuvlarida ishtirok etayotgan Keldiyorova finalning 40-soniyasida raqibini ippon bahosi evaziga mag‘lubiyatga uchratib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Mazkur g‘alaba o‘zbekistonlik sportchiga oltin medal bilan birga qimmatli 1000 reyting ochkosini ham taqdim etdi. 

Tbilisi turnirida yana bir qator O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda. 25-26 mart kungi dasturlarda ko‘pgina o‘zbekistonlik sportchilar medallar uchun tatamiga chiqadi.


Maqola muallifi

Teglar

Keldiyorova xalqaro turnir

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing