Keldiyorova xalqaro turnirda sovrindor bo‘ldi

Sport

image

Ayni kunlarda Vengriya poytaxti Budapesht shahrida dzyudo bo‘yicha “Masters” seriyasiga kiruvchi musobaqa bo‘lib o‘tmoqda. Ayollar o‘rtasida bahslarga kirishgan o‘zbekistonlik Diyora Keldiyorova bronza medali sohibiga aylandi.

Keldiyorova 3-o‘rin uchun kechgan bahsda buyuk britaniyalik Chelsi Jaylsni 45 soniya ichida mag‘lub etdi. Ushbu g‘alaba Keldiyorovaga jahon va Olimpiada reytingi uchun 900 ochkoni keltirdi.

Bu o‘zbekistonlik dzyudochining “Masters” seriyasiga kiruvchi musobaqadagi dastlabki sovrini emas. Bungacha Keldiyorova 2019 yil Xitoy mezbonlik qilgan “Masters” musobaqasida ham sovrindor bo‘lgan. 

Eslatib o‘tamiz, Keldiyorova mart oyida Tbilisi shahrida o‘tkazilgan “Katta dubulg‘a” musobaqasida ham g‘olib chiqqandi. U finalning 40-soniyasida raqibini ippon bahosi evaziga mag‘lubiyatga uchratib, oltin medalni qo‘lga kiritgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Keldiyorova

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing