Mirziyoyev Keldiyorova bilan telefon orqali muloqot qildi
Sport
−
28 iyul
43484Prezident Shavkat Mirziyoyev Parijda o‘tayotgan yozgi Olimpiya o‘yinlarida dzyudo bo‘yicha bellashuvlarning 52 kilogrammgacha vazn toifasida barcha raqibalarini yengib, olimpiya terma jamoasiga birinchi oltin medalni keltirgan Diyora Keldiyorova bilan telefon orqali muloqot qildi.
Davlat rahbari O‘zbekiston tarixida yozgi Olimpiya o‘yinlarida ayollar o‘rtasida birinchi marta chempion bo‘lgan sportchi qizni tarixiy g‘alaba bilan qizg‘in tabriklab, ota-onasi va murabbiylariga minnatdorlik bildirdi.
Qayd etish joiz, Diyora Keldiyorova Parij-2024 Olimpiadasining oltin medali uchun kurashda kosovalik Distriya Krasnichi ustidan g‘alaba qozondi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yordamchisi Saida Mirziyoyeva ham ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali Diyora Keldiyorovani tarixiy natija bilan tabrikladi.
“Dzyudochi Diyora Keldiyorova –O‘zbekiston tarixida yozgi Olimpiya o‘yinlarida oltin medal olgan ilk ayol sportchi! Shuningdek, u Olimpiadada dzyudo bo‘yicha ilk oltin medalni olgan sportchimiz sifatida ham tarixga kirdi. Diyoraning yorqin g‘alabasi bu – faqatgina “oltin medal” emas, balki sport to‘garaklarida tinimsiz shug‘ullanib, ulkan zafarlar haqida orzu qilayotgan ko‘plab qizlar uchun motivatsiya hamdir! Diyora, butun O‘zbekiston Siz bilan faxrlanadi”, deb yozdi Saida Mirziyoyeva.
LiveBarchasi