O‘zbekistonlik bokschilar xalqaro turnirda peshqadam bo‘ldi

Sport

image

Joriy yil 22 maydan 1 iyungacha Tailandning Bangkok shahrida bo‘lib o‘tgan “Thailand Open” xalqaro turnirida medallar jamg‘arish bo‘yicha umumjamoa hisobida peshqadamga aylandi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.

So‘nggi final bahslaridan so‘ng o‘zbekistonlik bokschilar 5 ta oltin, 4 kumush va 7 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi. Jami medallar soni 16 ta.

Ikkinchi o‘rinni esa 5 ta oltin, 2 ta kumush, 5 ta bronza bilan qo‘shni Qozog‘iston jamoasi qayd etdi. Mezbon tailandliklar esa 12 ta medal kuchli uchlikka yakun yasagan (3 ta oltin, 5 ta kumush, 4 ta bronza).

O‘zbekistonlik g‘olib va sovrindorlar quyidagilar:

Oltin medal:

  • -50 kg: Shodiyorjon Meliqo‘ziyev;
  • -55 kg: Faryozbek Do‘smatov;
  • -85 kg: Nusratbek Tohirov;
  • -48 kg: Farzona Fozilova;
  • -75 kg: Aziza Zokirova.

Kumush medal:

  • -70 kg: Muhammadazizbek Ismoilov;
  • -75 kg: Javohir Abdurahimov;
  • -51 kg: Sabina Boboqulova;
  • -54 kg: Feruza Kazakova.

Bronza medal:

  • -60 kg: Madiyor Doniyorov;
  • -80 kg: Samandar Jalolov;
  • -90 kg: Elyorbek Jo‘raboyev;
  • +90 kg: Abdurahmon Rustamov;
  • -57 kg: Nigina O‘ktamova;
  • -65 kg: Navbahor Hamidova;
  • -70 kg: Oysha Toirova;

Maqola muallifi

Teglar

o'zbekistonlik boks Tailand xalqaro turnir Thailand Open

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing