Kelasi yil oxirigacha butun dunyoga vaksina tarqatiladi — Jonson
Olam
−
10 iyun 2021
2704“Katta yettilik” (G7) mamlakatlari ertaga, 11 iyun kuni boshlanadigan sammitda kelajakda pandemiyalarga tayyorgarlik ko‘rish to‘g‘risida kelishuv ishlab chiqish va kelasi yil oxirigacha butun dunyoga COVID-19 vaksinalarini tarqatish masalalarini ko‘rib chiqadi. Bu haqda Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson ma’lum qilgan.
“G7 kelasi yil oxirigacha butun dunyoga vaksina tarqatishga va’da beradi. Biz dunyo miqyosida pandemiyaga tayyorgarlikning yangi shartnomasini ishlab chiqarishni boshlaymiz, shunda dunyo hech qachon bunday vaziyatga tushib qolmaydi”, degan Jonson.
Ta’kidlanishicha, “Katta yettilik” mamlakatlari sammitida global atrof-muhit masalalari va ta’lim muammolari ham muhokama qilinadi.
“Biz dunyodagi eng katta muammolarni hal qilishda birgalikda harakat qilamiz: uglerod chiqindilarini kamaytirish, biologik xilma-xillikning yo‘qolishi va 2025 yilga qadar 40 million qiz uchun arzon ta’limni yo‘lga qo‘yish”, degan Jonson.
Britaniya Bosh vazirining qo‘shimcha qilishicha, u va AQSH Prezidenti Jo Bayden ikki mamlakatning NATO qadriyatlariga sodiqligi to‘g‘risidagi nizomni ham imzolaydi.
“Prezident Bayden va men ilm-fan, texnologiya va savdo-sotiqni o‘z ichiga olgan va avvalambor bizning NATOga bo‘lgan sadoqatimizni ta’kidlaydigan nizomni imzolaymiz”, deb qo‘shimcha qilgan Jonson.
Ma’lumot o‘rnida, G7 mamlakatlari sammiti joriy yilning 11-13 iyun kunlari Buyuk Britaniyaning Kornuoll grafligida bo‘lib o‘tadi.
LiveBarchasi