Kecha Yerni ulkan soya qopladi (samodan olingan suratlar)
Bu qiziq
−
22 iyun 2020
18993Kecha, 21 iyun kuni quyosh tutilishi kuzatildi. Fazodan bu hodisa sayyora yuzida qanday aks etgan tasvirlangan fotosuratlar e’lon qilindi. Ushbu fotosuratlarni NASA astronavti Kris Kessidi Twitter’dagi o‘z sahifasida e’lon qildi.
"Bugun ertalab Xitoy ustidan uchib o‘tganimizda, quyosh tutilishining shuvohi bo‘ldik va bu ajoyib edi. “Otalar kuni”da uyg‘onishning ajoyib usuli! Umid qilamanki, dunyodagi barcha dadalar ajoyib kun o‘tkazishdi!", deya fazogir suratlariga izoh qoldirgan.
Suratlarda Yerning bir qismi oyning soyasida va qolgan qismi yorug‘da ekanligini ko‘rish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, kecha kuzatilgan fazoviy hodisani O‘zbekistonda ham guvohi bo‘lishdi. Quyosh tutilishi 2 soatdan ortiq davom etdi.
LiveBarchasi