Katta Farg‘ona kanalida timsohlar bormi? (video)
Jamiyat
−
27 may 26728 1 daqiqa
Bugun, 27 may kuni ijtimoiy tarmoqlarda Katta Farg‘ona magistral kanalida timsohlar yurgani aytilgan xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, viloyat FVB hamda Uchqo‘rg‘on tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan Uchqo‘rg‘on tumani hududidagi “Guliston”, “Paxtachi”, “Tegirmon” va “Birlik” MFYlari orqali oqib o‘tuvchi Katta Farg‘ona magistral kanalida o‘rganish ishlari olib borilgan.
O‘rganish jarayonida kanalda timsoh mavjudligi aniqlanmagan.
Fuqarolardan asossiz va tasdiqlanmagan xabarlarga ishonmaslik, faqat rasmiy manbalarga tayanish so‘raladi.
Ma’lumot uchun, timsohlar (krokodillar) — yer yuzidagi eng qadimgi va xavfli yirtqichlardan biridir. Ular dinozavrlar davridan beri, ya’ni qariyb 200 million yildan buyon deyarli o‘zgarmasdan yashab kelmoqda. Ular asosan tropik o‘lkalardagi daryolar, ko‘llar va botqoqliklarda yashaydi. Ba’zi turlari sho‘r dengiz suvida ham yashay oladi. Timsohlar o‘rtacha 70-100 yil yashaydi.
Live
Barchasi