Kataloniya va Falastin xayriya o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi

Sport

image

Kataloniya milliy terma jamoasi joriy yilning 18 noyabr kuni Falastin terma jamoasiga qarshi xayriya maqsadidagi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishini ma’lum qildi. O‘yin Barselonadagi “Monjuik” stadionida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “Mundo deportivo” nashri xabar berdi.

Kataloniya futbol federatsiyasi (FCF) ma’lum qilishicha, uchrashuvdan tushgan barcha mablag‘ Falastin xalqiga yordam ko‘rsatish uchun sarflanadi. Mablag‘lar insonparvarlik yordami, G‘azoni qayta tiklash va madaniy birdamlikni qo‘llab-quvvatlash kabi yo‘nalishlarga yo‘naltiriladi.

Ushbu o‘rtoqlik uchrashuvi FCF, Kataloniya hukumati, Barselona viloyat kengashi, Barselona shahar hokimligi, Ciutats de Palestine hamda Act X Palestine tashkiloti bilan hamkorlikda o‘tkaziladi.

Ma’lumot uchun, Kataloniya terma jamoasi Ispaniyaning Kataloniya mintaqasidagi futbol terma jamoasi bo‘lib, FIFA va UEFA a’zosi emas. Shu sababli jamoa rasmiy xalqaro musobaqalarda ishtirok eta olmaydi, ammo terma jamoa norasmiy bo‘lsa-da tez tez o‘rtoqlik uchrashuvlarini tashkil qilib keladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qatar terma jamoasining eng ko‘p o‘yinida ishtirok etgan futbolchisi Hasan Al Haydos 2026 yilgi Jahon chempionatiga yo‘llanma olganidan so‘ng G‘azoda maktab va sportzallar qurilishini moliyalashtirishga va’da bergan edi.


Maqola muallifi

Teglar

xayriya Falastin Kataloniya “Monjuik”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing