Kaspiydagi fojia: halok bo‘lgan harbiylar soni 12 kishiga yetdi

Olam

image

Qozog‘istonning Mang‘istau viloyati hokimligi Kaspiy dengizidagi fojia oqibatida halok bo‘lganlar soni 12 kishiga yetganini ma’lum qildi. Bu haqda “Nur.kz” xabar berdi.

Qayd etilishicha, mamlakat Bosh vaziri o‘rinbosari Qanat Bozumbayev boshchiligidagi hukumat komissiyasi favqulodda hodisa joyida o‘z ishini davom ettirmoqda.

“Voqea joyida barcha jalb qilingan davlat organlarining harakatlari, shuningdek, qidiruv-qutqaruv ishlari muvofiqlashtirilmoqda. Hozirgi vaqtda asosiy vazifa bo‘lib joylashuvi hali aniqlanmagan ikki nafar harbiy xizmatchini qidirish qolmoqda.

Aniqlangan ma’lumotlarga ko‘ra, o‘quv-jangovar topshiriqni bajarish chog‘ida meteorologik sharoitning keskin yomonlashishi va shamolning kuchayishi sababli dengizga 17 kishini oqizib ketgan, ulardan 12 nafari halok bo‘lgan, uch kishini qutqarishga muvaffaq bo‘lingan. Qolgan ikki nafar harbiy xizmatchini qidirish ishlari davom etmoqda”, deyiladi xabarda.

Qanat Bozumbayev bedarak yo‘qolgan harbiy xizmatchilarni barcha zarur kuch va vositalarni jalb qilgan holda kechayu kunduz uzluksiz qidirishni ta’minlash bo‘yicha topshiriq bergan. Shuningdek, halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning oilalariga zarur moddiy va boshqa yordamlarni ko‘rsatish topshirilgan.

Mang‘istaudagi fojiya

Bugun, 24 sentyabr kuni Mang‘istau viloyatida Qozog‘iston Qurolli kuchlari Harbiy-deңgiz kuchlari tomonidan o‘quv-jangovar topshiriqni bajarish vaqtida Kaspiy dengizi sohilida meteorologik sharoitning keskin yomonlashishi va shamolning kuchayishi sababli harbiy xizmatchilar dengizga oqib ketgan.

Mudofaa vazirligi dastlabki ma’lumotlarida dengizga 19 nafar harbiy xizmatchi oqib ketganini bildirgan edi. O‘sha paytda 9 nafar harbiy xizmatchining halok bo‘lgani qayd etilgan. Fojia bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov olib borilmoqd.

Harbiy xizmatchilar halok bo‘lganidan so‘ng hukumat komissiyasi tuzilgan, hodisa joyiga Bosh vazir o‘rinbosari Qanat Bozumbayev yuborilgan. Prezident Qosim-Jomart To‘qayev harbiy xizmatchilarning halok bo‘lgani munosabati bilan hamdardlik bildirgan va fojiani tergov qilish bo‘yicha topshiriqlar bergan.

Oqtovda Shahar kuni munosabati bilan o‘tkazilishi rejalashtirilgan bayram tadbirlari bekor qilingan. Qosim-Jomart To‘qayev 25 sentyabr kunini Qozog‘istonda umummilliy motam kuni deb e’lon qildi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing