Kasbida haydovchi YTH qurboni bo‘ldi

Jamiyat

image

Joriy yilning 7 may kuni soat 18:30 larda Qashqadaryo viloyati, Kasbi tumani hududidan o‘tgan 4R-90 “Qarshi-Beshkent-Kasbi-Koson” avtomobil yo‘lining 29 km.da o‘lim bilan yakunlangan yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.

YHXBB ma’lumotiga ko‘ra, haydovchi 1967 yil tug‘ilgan R.R. Cobalt rusumli transport vositasini boshqarib ketayotib, o‘zidan oldinda shu yo‘nalishda chap tomonga burilayotgan, haydovchi 1989 y.t. F.I. boshqaruvidagi “Kamaz 5511” rusumli yuk transport vositasini quvib o‘tmoqchi bo‘lib, orqa chap tomoniga borib urilgan.

Natijada, Cobalt rusumli transport vositasi haydovchisi 53 yoshli R.R. og‘ir tan jarohati olib voqea joyida vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Kasbi tumani IIB TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Qashqadaryo

Baholaganlar

210

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing