Kartoshka yuzlini sindiraman – Sterling “tresh-tok”ni boshladi
Sport
−
08 yanvar 2022
5127Avvalroq, yarim yengil vaznda UFC chempioni Aleksandr Volkanovski va sobiq chempion Maks Xollouey o‘rtasidagi trilogiya Maksning jarohati sabab bekor qilingani haqida xabar bergan edik.
Endilikda super yengil vazn toifasida UFC amaldagi chempioni Aljameyn Sterling Volkanovski va Xollouey o‘rtasidagi jang bekor qilinganidan so‘ng, o‘z Twitter sahifasida tashkilot vakillariga murojaat qildi.
“UFC takilotidagilar, menga asosiy kardda kartoshka nusxani (Petr Yan) sindirib tashlashga ruxsat bering”, deya yozgan Sterling.
Shuningdek, 32 yoshli jangchi rossiyalik Petr Yanga qarshi super yengil vazn toifasidagi revanshni UFC 272 turnirining asosiy bellashuvi bo‘lishini so‘ragan.
Eslatib o‘tamiz, Erkin kurash bo‘yicha ikki vazn toifasida UFC sobiq chempioni va erkin kurash bo‘yicha Pekin Olimpiadasi chempioni Genri Sexudo o‘z Twitter sahifasida Volkanovskiga qarshi jang qilishga tayyor ekanini ma’lum qildi va Xolloueyni almashtirish taklifi bilan tashkilot rahbari Dana Uaytga murojaat yo‘llagan edi.
Ma’lumot uchun, Yan 2021 yil 7 mart kuni UFC 259 turniridan o‘rin olgan Aljameyn Sterlingga qarshi jangning to‘rtinchi raundida taqiqlangan tizza zarbasi yo‘llagan. Shu sababli g‘alaba Sterlingga berilgan va Petr chempionlik kamaridan mahrum bo‘lgan. Jang to‘xtagan paytda Yan ochkolar hisobiga ko‘ra oldinda borayotgan edi.