Petr Yan AQSHda doping test topshirdi 

Sport

image

Rossiyalik UFC jangchisi, yengil vazn toifasida vaqtinchalik chempion Petr Yan USADA (AQSH antidoping agentligi) sinovidan olingan videoni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga joylashtirdi.

“Istalgan vaqtda, istalgan joyda”, deya yozgan Yan.

Bungu qadar Yan 2021 yil 7 mart kuni UFC 259 turniridan o‘rin olgan Aljameyn Sterlingga qarshi jangning to‘rtinchi raundida taqiqlangan tizza zarbasi yo‘llagan. Shu sababli g‘alaba Sterlingga berilgan va Petr chempionlik kamaridan mahrum bo‘lgan edi. Jang to‘xtagan paytda Yan ochkolar hisobiga ko‘ra oldinda borayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Yan so‘nggi jangini UFC 267 musobaqasida Kori Sendxagenga qarshi o‘tkazib, g‘alaba qozongan. Shundan so‘ng u super yengil vazn toifasida vaqtinchalik chempion unvonini qo‘lga kiritgan.

Avvalroq, Sterling va Yan o‘rtasidagi revansh jangi joriy yil 9 aprel kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan UFC 273 musobaqasining asosiy kardida bo‘lib o‘tishi malum qilingan edi. 

Ma’lumot uchun, 28 yoshli Petr Yan vazn toifasidan qat’i nazar, eng kuchli UFC jangchilari reytingida 8-o‘rinda qayd etilgan.
 


Maqola muallifi

Teglar

UFC Yan Sterling

Baholaganlar

8

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing