Sexudo Yanga qarshi jang uchun narxini aytdi
Sport
−
18 yanvar 2022
3373Ikki vazn toifasida UFC sobiq chempioni Genri Sexudo super yengil vazn toifasida Petr Yanni osongina mag‘lub etishiga ishonmoqda.
“Men Rossiyadan kelgan xunuk kartoshka – Petr Yanni qo‘limda Rossiya bayrog‘ini ushlab, o‘z vatandoshlari oldida kaltaklashni juda istardim. Ha, men o‘sha yigitni qo‘yaman. U – ajoyib jangchi. Men pozitsiya, xotirjamlik va masofa haqida gapiradigan bo‘lsam, Yan buni juda yaxshi uddalaydi. Lekin men juda katta raqibman va bu odam uchun noqulayman. Jang uchun pul bilan to‘la sumka jo‘nating”, deydi Sexudo.
Shuningdek, Sexudo o‘zini Aljameyn Sterling bilan taqqoslab, asosiy maqsadi pul ekanini ta’kidladi:
“Men Aljameyn Sterling emasman. Har ikki chempiondan ko‘ra yaxshiroq harakat qila olaman. Basketbolda Maykl Jordanga o‘xshashimni aytib o‘tay. Axir, men bu haqda xohlaganimcha gapira olaman, lekin maosh belgilanmasa, oktagonga chiqmayman”.
Eslatib o‘tamiz, Yan 2021 yil 7 mart kuni UFC 259 turniridan o‘rin olgan Aljameyn Sterlingga qarshi jangning to‘rtinchi raundida taqiqlangan tizza zarbasi yo‘llagan. Shu sababli g‘alaba Sterlingga berilgan va Petr chempionlik kamaridan mahrum bo‘lgan. Jang to‘xtagan paytda Yan ochkolar hisobiga ko‘ra oldinda borayotgan edi.
Erkin kurash bo‘yicha Pekin Olimpiadasi chempioni hisoblangan Genri Sexudo so‘nggi bor 2020 yilning may oyida UFC 249 musobaqasida jang qilgan va Dominik Kruz ustidan texnik nokaut evaziga g‘alaba qozonib, super yengil vazn toifasidagi kamarini muvaffaqiyatli himoya qilgan edi. Ushbu musobaqa yakunlangach, UFC’ni tark etishini e’lon qilgan.