Karlos Alkaras 2025 yilning eng ko‘p daromad olgan tennischisiga aylandi
Sport
−
25 dekabr 2025 1213 1 daqiqa
Ispaniyalik tennischi Karlos Alkaras 2025 yilgi mavsumda katta farq bilan moliyaviy poygada yetakchilik qilib, barcha raqiblarini ortda qoldirdi. Shu bilan birga, u ATP mukofot pullari bo‘yicha reytingning birinchi o‘rnini egalladi. Bu haqda “Tennis” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, yil oxiriga kelib Alkarasning hisobida 21 354 778 dollar yig‘ilgan bo‘lib, bu uni eng ko‘p daromad oluvchi tennischi sifatida ro‘yxat boshiga olib chiqdi. Ikkinchi o‘rinda italiyalik Yannik Sinner (19 120 641 dollar), uchinchi o‘rinda esa germaniyalik Aleksandr Zverev (7 468 230 dollar) turadi.
2025 yilgi ATP mukofot pullari bo‘yicha eng yaxshi 10 tennischi:
- Karlos Alkaras (Ispaniya) – 21 354 778 $
- Yannik Sinner (Italiya) – 19 120 641 $
- Aleksandr Zverev (Germaniya) – 7 468 230 $
- Aleks De Minor (Avstraliya) – 6 666 087 $
- Lorenso Muzetti (Italiya) – 6 345 640 $
- Lorenso Muzetti (AQSH) – 5 938 539 $
- Feliks Oje-Alyasim (Kanada) – 5 820 031 $
- Ben Shelton (AQSH) – 5 672 734 $
- Novak Jokovich (Serbiya) – 5 140 175 $
- Kasper Ruud (Norvegiya) – 3 971 374 $
Ma’lumot uchun, 2025 yilgi mavsumda ispaniyalik tennischi ikkita Katta dubulg‘a Rolan Garros va US Open chempionligini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, u Tokio, Sinsinnati, Rim, Rotterdam, Monte-Karlo va Londondagi nufuzli turnirlarda g‘alaba qozonib, jahon erkaklar tennisining yetakchi yulduzi sifatidagi mavqeini mustahkamladi.
Live
Barchasi