Karlo Anchelotti faoliyatini qachon yakunlashini aytdi

Sport

image

Ispaniyaning “Real” klubi ustozi Karlo Anchelotti futbol tarixidagi eng yaxshi italiyalik murabbiylar reytingida birinchi o‘rinni qayd etdi. Bu haqda “FourFourTwo” tomonidan tuzilgan reytingda keltirilgan.

Undagi kuchli uchtalikni Karlo Anchelotti, Jovanni Trapattoni hamda Arrigo Sakki egalladi.

Anchelotti, shuningdek murabbiylik faoliyatini qachon yakunlashi mumkinligi haqidagi savollarga javob berdi.

“Stresslarsiz hayotni tasavvur qilib bo‘lmaydi. Juda ko‘p stressda yurish ham ziyon, lekin ozginasi sizga yoqilg‘i vazifasini o‘taydi. O‘yin oldidan asabiylashmay qolgan kunim faoliyatimni yakunlayman. Barcha o‘yinlar oldidan albatta xavotir bo‘ladi, gol o‘tkazib yuborishimiz mumkinligini o‘ylayman, biroq o‘yin boshlangach, barchasi esdan chiqadi. Ichimdagi bu alanga o‘chmaguncha ishlayman. Menimcha, hali uzoq muddat murabbiylik qilsam kerak”, deydi Anchelotti.

Ma’lumot uchun, Anchelotti “Real”dagi 2013-2014 yilgi mavsumdan 2014-2015 yilgi mavsumgacha bo‘lgan ilk faoliyati davomida to‘rtta sovrinni qo‘lga kiritgan. Murabbiyning ikkinchi tayinlanishi 2021-2022 yilgi mavsumda amalga oshirilgan. Uch mavsumda Anchelotti 10 ta sovrin, shu jumladan, ikki bor Chempionlar Ligasi bosh sovrinini qo‘lga kiritgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Anchelotti birinchi bo‘lib “Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiolani 3 marta Yevropa Chempionlar Ligasidan chiqarib yuborgani xabar qilingandi. Anchelotti bilan “qirollik klubi” Gvardiolani 2022 yilda, shuningdek, 2014 yilda “Bavariya”ni boshqarganida yarim finaldan chiqarib yuborgan. Gvardiola jamoalarini musobaqadan chiqarib yuborganda “Real” doim turnir bosh sovrinini qo‘lga kiritgan.


Maqola muallifi

Teglar

futbol Karlo Anchelotti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing