Karim Xon Trampning “qahriga uchradi”

Olam

image

Xalqaro jinoyat sudi (XJS) prokurori Karim Xon AQSH Prezidenti Donald Tramp tomonidan tasdiqlangan iqtisodiy va sayohat bo‘yicha sanksiyalar ostiga tushgan birinchi shaxs bo‘ldi. Ushbu chora AQSH fuqarolari yoki ularning ittifoqchilariga nisbatan tergov olib borayotgan harbiy jinoyatlar tribunali nishonga olingan sanksiyalar doirasida joriy etilgan. Bu haqda ikki manbaga tayanib, “Reuters” xabar berdi.

Britaniya fuqarosi bo‘lgan Xon kecha, 7 fevral kuni Tramp tomonidan bir kun avval imzolangan farmonga ilova qilingan ro‘yxatga kiritilgan. Bu haqda “Reuters”ga AQSH hukumat rasmiylari tomonidan xabardor qilingan XJSning yuqori lavozimli rasmiysi hamda boshqa bir manba ma’lum qilgan. Manbalar ushbu maxfiy masala yuzasidan anonimlik sharti bilan gapirishga rozi bo‘lgan.

Tramp nega XJSni jazolayapti? north_east

Tramp nega XJSni jazolayapti?

Sanksiyalar ma’lum shaxslarning AQSHdagi aktivlarini muzlatishni hamda ularning o‘zlari va oila a’zolariga Qo‘shma Shtatlarga tashrif buyurishni taqiqlashni o‘z ichiga oladi. Unga ko‘ra, AQSH Moliya vaziri Skott Bessent davlat kotibi Marko Rubio bilan maslahatlashgan holda 60 kun ichida sanksiyaga tushishi kerak bo‘lgan shaxslarning ro‘yxatini taqdim etishi lozim.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oq uy rahbari Donald Tramp Xalqaro jinoiy sudni AQSH va uning eng yaqin ittifoqchilari, birinchi navbatda, Isroilni noqonuniy nishonga olganlikda ayblab, unga nisbatan sanksiyalar qo‘llash to‘g‘risidagi farmonni imzolagan edi. Hujjatda aytilishicha, amerikaliklar yoki ularning ittifoqchilari, shuningdek, ularning oila a’zolariga qarshi tergovda ishtirok etgan shaxslarga nisbatan moliyaviy va viza sanksiyalari qo‘llaniladi.

Trampning bu harakati o‘tgan hafta Senatdagi demokratlar respublikachilarning Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va Isroil sobiq mudofaa vaziri Yoav Galantni hibsga olish orderlariga norozilik sifatida Xalqaro jinoiy sudga sanksiya qo‘llashga urinishini bloklagani ortidan bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp sanktsiya Xalqaro jinoyat sudi Karim Xon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing