Karim Benzema Umra ziyoratini amalga oshirdi (video)

Sport

image

Kecha, 6 avgust kuni Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” klubi hujumchisi Karim Benzema Umra ziyoratiga bordi. Bu haqda sportchining o‘zi Instagram sahifasida ma’lum qildi. 

Unga ko‘ra, joriy yilning 5 iyun kuni Ispaniyaning “Real Madrid” klubidan erkin agent sifatida Jiddaning “Al-Ittihod” klubiga ko‘chib o‘tgan futbolchi transferdan so‘ng, ilk marta Umra ziyoratini amalga oshirgan.

Aytish joiz, 35 yoshli Fransiyalik futbolchi Jidda klubi bilan ikki yillik shartnoma imzolangan va u bu muddat ichida 200 million yevro ishlab oladi.

Ma’lumot uchun, Benzema 2009 yildan buyon “Real Madrid” safida to‘p surib kelayotgandi. U 353 ta gol bilan klub tarixida Krishtianu Ronaldudan keyin ikkinchi eng yaxshi to‘purar maqomini qo‘lga kiritdi. 35 yoshli hujumchi joriy mavsumda “qaymoqranglilar” safida barcha turnirlarda 42 ta o‘yinda maydonga tushib, 30 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fransiyalik hujumchi Karim Benzema “Al-Ittihod”dagi debyutida bitta gol urgani va yana bitta golli uzatmaga mualliflik qilgani haqida xabar berilgan edi. Futbolchi Arab chempionlari kubogi doirasida “Esperans”ga qarshi bahsning 35-daqiqasida birinchi golli uzatma bergan bo‘lsa, 55-daqiqasida (2:1) klubdagi debyut golini urdi.


Maqola muallifi

Teglar

Karim Benzema Umra ziyorati Al-Ittihod

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing