Karantinga yopilgan “O‘rikzor” bozori yana ochildi

Jamiyat

image

Bugun, 4 iyun kuni “O‘rikzor” savdo majmuasi 14 kunlik karantindan so‘ng o‘z faoliyatini qayta boshladi.

Uchtepa tumani hokimligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, so‘nggi bir necha kun ichida tuman sektori rahbarlari “O‘rikzor” savdo majmuasi hududida xavfsizlik choralari olib borilishini nazorat qilishgan.

Hududda 3 ta dezinfeksiya tunnellari, ijtimoiy masofa belgilari, teplovizorlar, yuk avtomashinalari uchun maxsus to‘siq, sotuvchi va xaridor o‘rtasida maxsus ajratgichlar o‘rnatilgan.

Eslatib o‘tamiz, “O‘rikzor”da sotuvchidan koronavirus aniqlangani sabab bozor yopilgan edi. Keyinroq koronavirusga chalingan sotuvning farzandlarida ham virus aniqlandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'rikzor

Baholaganlar

135

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing