“O‘rikzor” bozorida yong‘in bo‘ldi (video)
3-sahifa
−
09:20 1353 1 daqiqa
Bugun, 4 iyul kuni O‘rikzor bozoridagi do‘konda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, soat 04:26 da Toshkent shahri, Uchtepa tumani, Toshkent halqa avtomobil yo‘li ko‘chasida joylashgan O‘rikzor bozoridagi do‘konda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBBga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, qutqaruv bo‘linmalari soat 04:35 da hodisa joyiga yetib borgan. Yong‘in soat 04:48 da qurshab olinib, soat 05:01 da esa o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida oziq-ovqat do‘koni 150 kv.m maydonda yonib zararlangani aniqlangan.
Bildirilishicha, hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qo‘yliq dehqon bozori hududida yong‘in sodir bo‘lgan edi.
Live
Barchasi10:14