Karantinda xodimlari bilan raqsga tushgan hokim jazolandi (video)
Olam
−
19 iyun 2020
52473Qozog‘iston Respublikasining Qarag‘anda viloyati Jayrem tumani hokimi Amanqazi Naukenov o‘z qo‘l ostidagilar bilan birga raqsga tushgani uchun hayfsan oldi. Madaniyat va san’at xodimlari kuni munosabati bilan video ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan edi.
Karajal shahar hokimiyatidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, videoda “Jayremskiy go” AJ kasaba uyushma qo‘mitasi raisi, Jayrem tumanining madaniy-hordiq markazi direktori va ushbu tashkilotning bir nechta xodimlarini ko‘rish mumkin.
Ushbu tadbir mamlakatda ommaviy tadbirlarni o‘tkazishga qo‘yilgan taqiqni buzgan holda o‘tkazilganligi sababli hokimga nisbatan intizomiy jazo qo‘llanilgan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Qozog‘istonda 16 351 kishi koronavirusga chalingan. Sog‘ayganlarning soni 10 195 nafarni tashkil etayotgan bo‘lsa, 105 bemor vafot etgan.
LiveBarchasi