Karantin vaqtida zakot, fitr va fidya sadaqalarini topshirish bo‘yicha tavsiya berildi
Jamiyat
−
14 aprel 2020
6848O‘zbekistonda karantin sharoitida zakot mablag‘larini, fitr va fidya sadaqalarin xayriya jamg‘armalariga topshirish tavsiya qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Musulmonlar idorasi Ulamolar Kengashining fatvosida aytilgan.
“Zakot mablag‘larini, fitr va fidya sadaqalarini “Vaqf” hayriya jamoat Fondi va uning hududiy bo‘linmalari hisob raqamlariga yoki “Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazlari”ga topshirishlari tavsiya etiladi”, dedi fatvoni o‘qib eshittirgan Musulmonlar idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov.
Bundan tashqari, iftorlik savobidan umidvor bo‘lgan sahovatpesha musulmonlar iftorlik marosimlari uchun mo‘ljallagan mablag‘larini “Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazlari” orqali moddiy ko‘makka muhtoj oilalarga yetkazishlari mumkinligi ta’kidlandi.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 13 aprel kuni Musulmonlar idorasi Ulamolar Kengashining karantin sharoitida Ramazon oyini o‘tkazishga doir fatvosi e’lon qilindi.
LiveBarchasi