Ramazon vaqtida xatmi Qur’onlar onlayn amalga oshiriladi – Usmonxon Alimov
Jamiyat
−
14 aprel 2020
5567Avvalroq, O‘zbekiston Musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi mamlakatda karantin o‘rnatilgan bir vaqtda Ramazon qanday o‘tishi yuzasidan fatvo bergani haqida xabar bergan edik.
Musulmonlari idorasi bayonotida Ramazon oyida mo‘min-musulmonlar tarovih namozlarini, xatmi Qur’onlarni o‘z oila a’zolari bilan xonadonlarida o‘tkazishlari tavsiya qilindi. Shu bilan birga, Musulmonlari idorasi rahbari, Muftiy Usmonxon Alimov onlayn xatmi Qur’onlari o‘tkazilishini ma’lum qildi.
“Muborak Ramazon oyida mo‘min musulmonlarimizning ruhini ko‘tarish maqsadida O‘zbekiston musulmonlari idorasi tizimida faoliyat yuritayotgan qorilarning xatmi Qur’onlari onlayn tarzda amalga oshirilishi yo‘lga qo‘yilsin”, dedi Usmonxon Alimov.
Muftiy barcha musulmonlar qo‘ni-qo‘shni va yaqin qarindoshlarni to‘plagan holda iftorlik uyushtirishi karantin talablariga zid kelishi barobarida Alloh taoloning ishboshilarga itoat qilish haqidagi Niso surasi: “Ey, imon keltirganlar! Allohga itoat etingiz, Payg‘ambarga va o‘zlaringizdan (bo‘lmish) boshliqlarga itoat etingiz!...” 59-oyatiga hilof ekanini eslatib o‘tdi.
LiveBarchasi