Karantin vaqtida SMS xabarlar bilan firibgarlik qilish ko‘payyapti – O‘zkomnazorat

Jamiyat

image

Karantin davrida, “o‘zini yakkalash” tartibiga o‘tgan fuqarolarning uyda o‘tirganidan, shuningdek odamlarda koronavirus pandemiyasi sabab xavotir kuchli ekanidan foydalanib qolayotgan firibgarlar turli uslub, vosita hamda xabarnomalar orqali kishilarni chalg‘itib, ularning elektron hisobdagi mablag‘larini o‘zlashtirishga harakat qilmoqda. Buhaqda Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi (O‘zkomnazorat) ogohlantirdi.

Ko‘p hollarda muayyan sana yoki geojoylashuv nuqtasi koordinatlarini ko‘rsatib “Siz karantin qoidasini buzdingiz, endi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54 moddasiga muvofiq BHMning besh baravarigacha miqdorda jarima to‘laysiz” degan mazmunda jarimani uydan to‘lash ham mumkinligini ta’kidlab to‘lov uchun karta raqami ko‘rsatilgan SMS xabarnoma jo‘natish uchrab turibdi. 

O‘zkomnazorat davlat inspeksiyasi fuqarolarni bu kabi yolg‘on xabarlarga aldanmaslikka, SMS-xabarlar, telefon qo‘ng‘iroqlarini qabul qilganda hech qachon elektron hisobdagi mablag‘lar yoxud turli mahfiy kodlar haqida begona shaxslarga ma’lumot bermaslikka, bu kabi holatlar kuzatilganda SMS-xabarnomani o‘chirib tashlash, telefon qo‘ng‘irog‘i bo‘lganligi haqida 102 raqami orqali huquq-tartibot idoralariga xabar berishni tavsiya etdi.


Maqola muallifi

Teglar

firibgarlik

Baholaganlar

103

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing