Karantin sabab dorixonalardan saratonga qarshi preparatlarning g‘oyib bo‘lgani rostmi?

Jamiyat

image

O‘zbekistonda karantin joriy etilishi bilan ko‘p joylarda saraton kasalligi bilan og‘rigan odamlar uchun hayotiy muhim dorilar sotuvdan g‘oyib bo‘lgani haqida gap-so‘zlar paydo bo‘ldi. Ma’lum bo‘lishicha, dorixonalardan birida bemorga ushbu dorilar import qilinishi, karantin tufayli ularni olib kirish to‘htatilgani va hozirda ular sotuvda yo‘qligini aytilgan. 

“Bu masalaga javob berish uchun qanday dorilar haqida gap ketayotgani va qaysi tibbiy muassasa ushbu dorilarni buyurganligini bilishimiz kerak”, deyiladi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi xabarida. 

Agentligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, bugungi kunda O‘zbekistonda o‘rtacha 90 ta korxona tomonidan ishlab chiqariladigan saraton kasalligini davolashda ishlatiladigan 190 dan ortiq turdagi dori vositalari ro‘yxatga olingan. 

Shuningdek, 2019 yilda 18 mamlakatdan 200 mingdan ortiq shartli qadoq olib kelingan. 2020 yilda esa oldingi xarid yillarida mavjud bo‘lgan qoldiqlarni hisobga olmaganda, yanvar-fevral oylarida 50 mingdan ortiq shartli qadoqlar keltirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

saraton

Baholaganlar

193

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing