Karantin normal sharoitda – Mahachev Habib haqida

Sport

image

UFC yengil vazn toifasining 4-raqamli jangchisi Islom Maxachev (21-1) Instagram sahifasida Habib Nurmuhamedovning (29-0) Mayamidagi sport zalida tushgan suratiga izoh qoldirdi. 

“Sening karantining normal sharoitda”, deya yozib qoldirgan Maxachev.

Eslatib o‘tamiz, bir necha kun avval UFC sobiq chempioni Habibga koronavirus tashxisi qo‘yilgani haqida xabar berilgandi. “Burgut” faoliyatidagi so‘nggi jangini 2020 yil oktyabr oyida o‘tkazgan. O‘shanda u UFC 254 turnirida Jastin Getjini ikkinchi raundda uchburchak bo‘g‘ish usuli bilan mag‘lub etgandi. Jangdan so‘ng, Habib MMA’dagi faoliyatini yakunlashini e’lon qildi.

Ma’lumot uchun, 2021 yilning 30 oktyabr kuni Maxachev UFC 267 doirasida so‘nggi jangini o‘tkazgan va Yangi Zelandiya vakili Den Xukerni (21-11) birinchi raunddayoq “kimura” usulida mag‘lub etgan. 
 


Maqola muallifi

Teglar

UFC Habib Koronavirus Maxachev Nurmuhamedov

Baholaganlar

22

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing