Karantin qoidalarini buzgan Belgiya shahzodasi jarimaga tortildi

Olam

image

Ispaniyaning Andalusiya muxtor jamiyati rasmiylari Belgiya shahzodasi Ioaximni karantin qoidalarini buzganligi uchun 10,4 ming yevro miqdorida jarimaga tortdi. Bu haqda “Reuters” agentligi xabar bermoqda.

Agentlik tarqatgan xabarga ko‘ra, 28 yoshli Ioaxim may oyi oxirida Kordobaga o‘quv amaliyotini o‘tash uchun kelgan. U karantin cheklovlarini buzgan holda, bir nechta ziyofatga tashrif buyurgan. Bir necha kundan keyin shahzoda o‘zini yomon his qildi va koronavirus testidan o‘tdi. Test javobi ijobiy chiqdi, shahzodada koronavirus aniqlandi. Xabar qilinishicha, ushbu ziyofatlardan biriga 27 kishi qatnashgan. Bu esa Kordobadagi karantin qoidalarini buzishga sabab bo‘lgan. Chunki yig‘ilishlarda 15 nafardan ortiq odamning ishtirok etishi taqiqlangan edi.

Shahzoda Ioaxim - Belgiya malikasi Astridning o‘g‘li va qirol Filippning jiyani hisoblanadi. “Reuters” xabariga ko‘ra, shahzoda meros bo‘yicha o‘ninchi o‘rinda turadi.

Avvalroq, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy karantin qoidalarini buzib, Xmelnitskiydagi kafega tashrif buyurgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Bel'giya

Baholaganlar

22

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing