Karantin davrida talabalardan kontrakt to‘lashni talab qilish to‘g‘rimi?

Jamiyat

image

Karantin davrida talabalarni shartnoma pulini to‘lamaganlik uchun talabalar safidan chiqarish ko‘zda tutilmagan. Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi huzuridagi shtabda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bo‘lim boshlig‘i Abdusamad Mamanazarov ma’lum qildi.

Talabalardan karantin paytida shartnoma pulini to‘lashni talab qilish, aks holda imtihonlarga kiritmaslik to‘g‘rimi?

"Karantin vaqtida talabalarning masofaviy ta’limi yo‘lga qo‘yilgan, biroq talabalarni shartnoma shartlarini bajarmaganlik uchun talabalik safidan chetlatish kun tartibiga kiritilmagan.

Shartnoma pulini to‘lamagan talaba imtihonga kiritiladi, biroq kursdan kursga ko‘chirilgani to‘g‘risida buyruq rasmiylashtirilmaydi", deydi Abdusamad Mamanazarov.

Avvalroq, OTMlarda kontrakt ta’tillari berishni taklif etilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

OTM kontrakt Talabalar shartnoma puli

Baholaganlar

265

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing