Karantin – bu navbatdagi ta’til emas – Safoyev 

Jamiyat

image
Ikkinchi jahon urushidan ham ko‘proq zarar ko‘rishimiz mumkin – Sodiq Safoyev  north_east

Ikkinchi jahon urushidan ham ko‘proq zarar ko‘rishimiz mumkin – Sodiq Safoyev 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev senator va deputatlarga senator majlislar o‘tkazmaslik, saylovchilar holidan xabar olish lozimligi haqida murojaat qildi. U Xalqaro press-klubdagi chiqishi davomida shunday deydi: 

“6500 nafar mahalliy kengash deputatlari, senatorlarga qarab shu narsani aytmoqchimanki, befarq bo‘lmanglar. Majlis o‘tkazmang. Balki bugungi kunda sizni saylagan saylovchilaringiz ahvolidan xabardor bo‘ling. Ayni vaqtda har bir senator, deputat va mahalliy kengashlar, bugun nima qilaman va ertaga nima qilish kerak deb o‘ylashi darkor. Senatorlar va deputatlar, sizni saylagan insonlar oldida mas’uliyatingiz ulkan ekanini his qilishingiz lozim”.

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi tomonidan mulkchilik shaklidan qat’i nazar barcha korxona va tashkilotlar fuqarolarning masofadan turib ishlashi uchun sharoit yaratishi yuzasidan alohida qaror qabul qildi. Jamoat transportlari harakati to‘xtatildi, shuningdek shaxsiy avtomobillarni ham maxsus ruxsatnoma (stiker)siz boshqarishga ham taqiq qo‘yildi. Mamlakatda karantin qoidalariga rioya qilish masalasi dolzarb bo‘lib turibdi. Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev ham mazkur masalaga e’tibora qaratarkan, karantin davrida uyda o‘tirish navbatdagi ta’til emasligini qayd etdi. 

“Karantin davrida uyda o‘tirish, bu navbatdagi ta’til emas. Balki, uydan turib ishlash imkoniyatidir. Bo‘sh vaqt – bu shaxsiy rivojlanish uchun juda munosib bir imkoniyatdir. Har qanday inqiroz – bu keyingi rivojlanish uchun bir imkon”, deydi Safoyev. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha koronavirusga chalinganlar soni 298 nafarga yetdi. Ularning 25 nafari davolandi, 2 nafari vafot etdi.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


 


Maqola muallifi

Teglar

Oliy Majlis Sodiq Safoev Karantin Safoev

Baholaganlar

75

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing