Karachidagi teraktdan maqsad Pokiston va Xitoy o‘rtasidagi aloqalarni buzish edi – Shahboz Sharif
Olam
−
08 Oktabr
2437Pokiston hukumati Karachidagi Jinna aeroporti yaqinidagi portlash uchun aybdorlarni aniqlash va javobgarlikka tortish ustida ishlamoqda. Hujumdan maqsad Islomobod va Pekin o‘rtasidagi aloqalarga putur yetkazish bo‘lgan. Bu haqda Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif Xitoyning Islomoboddagi diplomatik missiyasiga tashrifi chog‘ida Xitoyning Pokistondagi elchisi Szyan Saydun bilan uchrashuv chog‘ida so‘z ochdi.
"Hukumat ushbu jirkanch harakat uchun javobgarlarni zudlik bilan aniqlash uchun faol ish olib bormoqda”, deydi Shahboz Sharif.
Pokiston Bosh vazirining aytishicha, hujum tashkilotchilari, albatta, javobgarlikka tortiladi. U Xitoy fuqarolari xavfsizligini ta’minlash Pokiston hukumatining ustuvor yo‘nalishi ekanini ta’kidladi. Sharifning aytishicha, hujum tashkilotchilari Pokiston-Xitoy hamkorligiga putur yetkazishiga umid qilishgan.
“Biz Xitoy bilan aloqalarimizga putur yetkazish bo‘yicha bu jirkanch fitnaga toqat qilmaymiz”, deb ta’kidladi siyosatchi.
Ma’lumot uchun, Pokistonda ishlayotgan Xitoy fuqarolari bir necha bor teraktlar qurboniga aylangan. Shunday qilib, 2024 yilning mart oyida portlovchi moddalar bo‘lgan mashinada xudkush-terrorchi Pokistonning Dasu shahridagi gidroelektr stansiyasi ishchilariga hujum qildi. O‘shanda besh xitoylik va bir pokistonlik xodim halok bo‘lgan. 2021 yilda u yerda avtobus portlashi oqibatida 13 kishi, jumladan, to‘qqiz nafar Xitoy fuqarosi halok bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, Xitoyning Islomoboddagi elchixonasi kecha, 7 oktyabr kuni Karachidagi Jinna aeroporti yaqinida sodir bo‘lgan portlash oqibatida ikki Xitoy fuqarosi halok bo‘lgani va yana biri yaralangani haqida xabar berdi.