Kanalizatsiyaga tashlangan sigaret fojiaga olib keldi (video)

Olam

image

Rossiya Federatsiyasi tarkibiga kiruvchi Dog‘iston respublikasining Xasavyurt shahrida kanalizatsiya qudug‘iga tashlangan sigaret qoldig‘i kuchli portlashni keltirib chiqardi, oqibatda ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda kecha, 15 mart kuni Rossiya Tergov qo‘mitasining Dog‘iston Respublikasi bo‘yicha tergov boshqarmasi ma’lum qildi.

Bildirilishicha, baxtsiz voqeaga uy-joy kommunal xo‘jaligining ikki xodimi sigaret qoldig‘ini kanalizatsiya quvuriga tashlashi ortidan kanalizatsiya kollektorida to‘plangan gazning portlashi sabab bo‘lgan.  

"Ular Xasavyurt shahridagi Yubileyniy qishlog‘ida joylashgan turarjoy binosiga texnik ishlarni bajarish uchun borgan. Xavfsizlik choralariga rioya qilmaslik oqibatida kanalizatsiya trubkasida joylashgan atsetilen gaz-havo aralashmasi yorilib ketgan. Har ikki xodim halok bo‘lgan", deyiladi rasmiy xabarda.

Ushbu fakt asosida Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasining Dog‘iston Respublikasi bo‘yicha tergov boshqarmasi sodir bo‘lgan voqeaning sabablari va sharoitlarini aniqlashga qaratilgan protsessual tekshiruvni boshlab yuborgan. Voqea joyiga tergovchilar yetib borgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Toshkentda bir kishi kanalizatsiya chuquriga tushib ketgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Dog'iston sigaret kanalizatsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing