Kanadaliklar NATOga qarshi shiddatli norozilik namoyishlarini boshladi (video)

Olam

image

Kanadada 22-25 noyabr kunlari Monrealda bo‘lib o‘tadigan NATO Parlament Assambleyasining 70-sessiyasiga qarshi keng ko‘lamli norozilik namoyishi boshlandi. Bu haqda “La presse” xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Kanadaning eng yirik shahri Monrealda bir necha ming niqobli odamlar harbiy siyosat va tashqi kuchlarning mamlakat ishlariga aralashuvidan noroziligini bildirib, g‘alayon ko‘targan.

Videolardan ko‘rish mumkinki, g‘azabnok xalq mashinalarga o‘t qo‘yib, shahar bo‘ylab oynalarni sindirmoqda. Voqea joyiga yetib kelgan politsiya ko‘zni achishtiruvchi qalampir gazidan foydalangan.

“Olomon huquq-tartibot xodimlari tomon tutunli portlovchi modda va pirotexnika vositalarini uloqtirib, vaziyatni keskinlashtirishda davom etmoqda. Politsiya ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz va tayoqlar bilan bunga javob qaytargan”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq kanadalik erkak deputatlar ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi rangli baland poshnali tufli kiyib aksiya o‘tkazishgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

NATO Kanada norozilik namoyishi Monreal

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing