Kanadadagi tabiiy ofat qurbonlari soni oshdi 

Olam

image

Avvalroq, Kanadaning aholi gavjum ikki provinsiyasi – Ontario va Kvebekda sodir bo‘lgan dovul kamida sakkiz kishining hayotiga zomin bo‘lgani haqida xabar bergandik. 

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lganlar soni kamida 10 kishiga yetdi. Bu haqda CTV xabar bergan. 

Bu hududlarda kuchli shamol daraxtlar va elektr tarmoqlarini qulatgani oqibatida minglab mahalliy aholi elektrsiz qolgan. Ta’kidlanishicha, jabrlangan iste’molchilarning ko‘pligi va bo‘ron yetkazgan zarar tufayli elektr ta’minoti qayta tiklanishi uchun bir necha kun kerak bo‘lishi mumkin. 

Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, to‘qqiz kishi qulagan daraxtlar ostida qolgan, yana bir Kanada fuqarosi esa qayiqning ag‘darilishi oqibatida halok bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Kanada

Baholaganlar

104

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing