Kanada Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi

Olam

image

Kanada hukumati Rossiya Federatsiyasining yana 35 jismoniy va 6 yuridik shaxsiga shu jumladan “Gazprom” rahbarlariga nisbatan sanksiyalar kiritdi. Bu haqda bugun, 28 oktyabr kuni Kanada Bosh vaziri Jastin Tryudo Vinnipegda (Manitoba) Kanada-Ukraina hamjamiyati a’zolari oldida so‘zlagan nutqida ma’lum qildi. Uning nutqi milliy telekanallar orqali namoyish etildi. 

“Bugun biz yana 35 kishini ushbu ro‘yxatga qo‘shmoqdamiz, ular orasida “Gazprom” davlat energetika kompaniyasining nufuzli rahbarlari ham bor va biz energetika sohasidagi olti kompaniyaga nisbatan sanksiyalar qo‘llayapmiz”, deydi u. 

Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, “Gazprom” direktorlar kengashi raisi Viktor Zubkov, Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi o‘rinbosari Aleksandr Novak, Rossiya Federatsiyasi sanoat va savdo vazirligi rahbari Denis Manturov va Rossiya Federatsiyasi Energetika vaziri Nikolay Shulginov cheklovlar ostida qoldi. 

Kanada tashqi ishlar vazirligi saytida Ottavaning Moskvaga qarshi sanksiyalari bo‘limida yozilishicha, ro‘yxatga “Lukoyl”, “Transoyl” va “Sogaz” ham kiradi.


Maqola muallifi

Teglar

Kanada Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

37

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing