Kanada “referendum”lar uchun Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi

Olam

image
Ukraina NATOga a’zolik uchun ariza topshiradi – Zelenskiy north_east

Ukraina NATOga a’zolik uchun ariza topshiradi – Zelenskiy

Kanada hukumati Rossiya Federatsiyasiga qarshi sanksiyalar ro‘yxatini kengaytirib, ularga 43 kishini, jumladan Dmitriy Peskov, Igor Shuvalov va Sergey Chemezovning oila a’zolarini qo‘shdi. Bu haqda bugun, 30 sentyabr kuni Kanada hukumati saytining Ottavaning Moskvaga qarshi sanksiyalari bo‘limida xabar berilgan.

Yangilangan ro‘yxatga Tatyana Navka, Yelizaveta va Nikolay Peskovlar (1998 va 1990 yillarda tug‘ilgan), Aleksandr va Sergey Chemezovlar (1985 va 2022 yillarda tug‘ilganlar), Olga, Yevgeniy va Marina Shuvalovlar (1966, 1993 va 1998 yillarda tug‘ilganlar) kiritilgan.

Bundan tashqari, tadbirkor Yuriy Kovalchukning oila a’zolari, shu jumladan uning akasi, “Kurchatov instituti” Milliy tadqiqot markazi prezidenti Mixail Kovalchuk, Kirill Malofeyev, “Sargrad” jamiyati raisi Konstantin Malofeyevning o‘g‘li Violetta Prigojina ham sanksiyalar ostida qoldi.

Ro‘yxatda, shuningdek, “Gazprombank” rahbariyatining bir qator vakillari, jumladan, kredit tashkiloti kuzatuv kengashi a’zolari Mixail Sereda, Yuriy Gazaryan va Vyacheslav Tyurin, shuningdek, bank boshqaruvi a’zolari Aleksandr Sobol, Ilya Yeliseyev va Aleksey Belous ham bor. Hammasi bo‘lib, “Gazprombank” bilan bog‘liq bo‘lgan 20 dan ortiq shaxslar yangilangan sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan.

Kanada sanksiyalar ro‘yxatiga tan olinmagan DXR, LXR, Zaporoje va Xerson viloyatlarining 35 nafar vakilini kiritgan.

“Kanada Rossiya tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan Donetsk, Lugansk, Xerson va Zaporoje viloyatlarining 35 nafar yuqori martabali amaldorlariga nisbatan [sanksiya] choralarini qo‘llaydi”, deydi Kanada Tashqi ishlar vaziri Melani Joli.

Uning aniqlik kiritishicha, sanksiyalar ushbu hududlarda o‘tkazilgan referendumlar munosabati bilan joriy qilinmoqda.

Ro‘yxatga, xususan, bosib olingan Xerson viloyati hukumati rahbari Sergey Eliseyev, ushbu viloyat hukumati raisining ichki siyosat bo‘yicha o‘rinbosari Vladimir Bespalov va viloyat ta’lim vaziri Mixail Rodikov, Lugansk xalq respublikasi (LXR) madaniyat, sport va yoshlar siyosati vaziri o‘rinbosari Vasiliy Noskov, LXR sanoat va savdo vaziri Timur Samatov, Zaporoje viloyati harbiy-fuqarolik ma’muriyati boshlig‘i o‘rinbosari Viktor Yemelyanenko, DXR ko‘mir va energetika vaziri Andrey Chertkov kiritilgan.

Avvalroq AQSH ham Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirgani, ro‘yxatga ko‘plab yuqori martabali amaldorlar va ularning oila a’zolari hamda qator kompaniyalar kiritilgani haqida xabar bergan edik.

Eslatib o‘tamiz, 23-27 sentyabr kunlari Zaporoje viloyatining bosib olingan hududida, shuningdek, tan olinmagan DXR va LXR hamda bosib olingan Xerson viloyatida “Rossiyaga qo‘shilish bo‘yicha bir tomonlama referendumlar” o‘tkazildi. Zaporoje viloyatida protokollarning 100 foizini qayta ishlash natijalariga ko‘ra, qo‘shilish tarafdori 93,11 foiz, Xerson viloyatida - 87,05 foiz, DXRda - 99,23 foiz, LXRda - 98,42 foiz.

Bugun, 30 sentyabr kuni esa Putin Ukrainaning Donbass mintaqasidagi tan olinmagan Lugansk va Donetsk xalq respublikalari hamda Xerson va Zaporoje viloyatlarini Rossiyaga qo‘shib olish, anneksiya qilish haqidagi shartnomalarni imzoladi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

11

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing