Kamola Xarris o‘zi va Bayden bosh bo‘ladigan ma’muriyat qanday bo‘lishini aytdi

Olam

image

AQSH vitse-prezidenti lavozimiga demokratlardan da’vogar Kamola Xarris bir nechta ommaviy axborot vositalari tomonidan prezidentlik poygasida g‘olib deb topilgan Jo Bayden ma’muriyatining ideal jihatlarini sanab o‘tdi.

"Ishonch. Birlik. Tartib. Haqiqat. Bu Bayden va Xarris boshqaradigan ma’muriyatning ideal jihatlaridir", deb yozgan siyosatchi o‘zining Twitter sahifasida.

Avvalroq, Jo Bayden Ron Klaynni Oq uy apparati rahbari etib tayinlagani haqida xabar bergandik. Klayn Baydenning sobiq maslahatchisi bo‘lgan

AQSHning amaldagi Prezidenti Donald Trampning bir necha maslahatchilari esa u barcha ovozlar natijasi e’lon qilingandan keyin ham prezidentlik saylovlaridagi mag‘lubiyatini tan olmaydi, deb hisoblamoqda. 

Ma’lumot uchun, AQSHda 3 noyabr kuni prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tdi. Davlat rahbari lavozimiga demokrat Jo Bayden va amaldagi Prezident, respublikachi Donald Tramp da’vogarlik qildi.

7 noyabr kuni Amerikaning yetakchi ommaviy axborot vositalari ABC News, CNN, AP va NBC saylovlarda demokrat Jo Bayden g‘alaba qozonganini e’lon qildi. Natijalar hali rasman e’lon qilinmagan.


Maqola muallifi

Teglar

BAYDEN XARRIS

Baholaganlar

140

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing