Kamilla Rahimova “Rolan Garros” turnirini g‘alaba bilan boshladi
Sport
−
26 may 1544 1 daqiqa
Kecha, 25 may kuni “Katta dubulg‘a” tasnifiga kiruvchi “Ralan Garros” turnirida O‘zbekistonning birinchi raketkasi Kamilla Rahimova ishtirokini boshladi. Rahimova dastlabki bahsda ishonchli tarzda g‘alaba qozondi.
Jahon tasnif jadvalida 89-pog‘onani egallab turgan Kamilla Rahimova “Rolan Garros” turnirida birinchi bosqich o‘yinida musobaqaga 33 reytingda tasniflangan ruminiyalik Kristian Jaklinga qarshi kortga chiqdi. Deyarli 3 soat davom etgan bahsda Rahimova 3 set natijasiga ko‘ra, 6/3, 4/6, 6/4 hisobida g‘alabasini rasmiylashtirdi.
Endilikda ertaga, 27 may kuni Rahimova ikkinchi davra bahsini chexiyalik Karolina Muxovaga qarshi o‘tkazadi.
Eslatib o‘tamiz, yana ikki nafar o‘zbekistonlik tennis “Rolan Garros” turnirining saralash bahslarida ishtirok etib, musobaqaning asosiy bahslariga yo‘llanma ololmagan edi.