Kamilla Rahimova “Rolan Garros”dagi yurishini to‘xtatdi

Sport

image
Kecha, 27 may kuni O‘zbekistonning birinchi raqamli raketkasi Kamilla Rahimova “Rolan Garros” turnirining ikkinchi bosqichida kortga chiqdi. Ushbu bahsda Rahimova chexiyalik raqibasiga imkoniyatni boy berdi va turnir bilan xayrlashdi.

Ikkinchi davra bahsida Rahimova jahonning 10-raqamli raketkasi Karolina Muxovaga qarshi 1 soat-u 19 daqiqa davom etgan bahsda ikki set natijasiga ko‘ra, 2/6, 2/6 hisoblarida imkoniyatni boy berdi va yakkalik bahslardagi ishtirokini yakunladi.

Ma’lumot uchun, Kamilla Rahimova musobaqaning birinchi davrasida dunyo reytingida 33 pog‘onani band etgan ruminiyalik Kristian Jaklinni 6/3, 4/6, 6/4 hisobida mag‘lubiyatga uchratgandi.

Bugun, 28 may kuni u chexiyalik Anna Siskova bilan juftlik bahslarda o‘z omadini sinab ko‘radi.

Eslatib o‘tamiz, yana ikki nafar o‘zbekistonlik tennischi Mariya Timofeyeva va Polina Kudermetova “Rolan Garros” turnirining saralash bahslarida ishtirok etib, musobaqaning asosiy bahslariga yo‘llanma ololmagan edi.

Maqola muallifi

Teglar

Kamilla Rahimova “Rolan Garros” Karolina Muxova

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing