Kamerunda maktab o‘quvchi va o‘qituvchilari o‘g‘irlab ketildi

Olam

image

Kamerunning shimoli-g‘arbida, kamida 11 o‘qituvchi va boshlang‘ich maktab xodimlari mamlakatning ingliz tilida so‘zlashadigan joyidan bo‘lgan separatistlar tomonidan o‘g‘irlab ketildi. Bu haqda “ Sinxua” xabar bermoqda.

"Qurollangan odamlar Kumbo shahridagi maktabga bostirib kirib, bir guruh o‘qituvchilar va maktab o‘quvchilarini olib ketishdi. Keyin ular bolalarni hech qachon maktabga qaytmasliklarini aytib qo‘yib yuborishdi", dedi mahalliy politsiya vakili.

Joriy yilning oktyabr oyida koronavirus pandemiyasi sababli qator cheklovlar bekor qilinganidan so‘ng, Kamerunda maktablar qayta tiklanar ekan, mamlakatning o‘sha qismida faoliyat yuritayotgan ayirmachilar hukumatdan siyosiy imtiyozlarni talab qilib, ish tashlash bilan tahdid qilishdi. 24 oktyabr kuni qurolli shaxslar Kamerunning shimoli-g‘arbidagi maktabga hujum qilib, sakkiz nafar o‘quvchini o‘ldirdi.

Kamerun jamoalararo inqirozni boshdan kechirmoqda. Mamlakatning 22 million aholisining asosiy qismi fransuz tilida so‘zlashadi, ammo ularning beshdan bir qismi tarixiy jihatdan ingliz tilidan foydalanadi. Chunki ular mustamlaka davrida Britaniya imperiyasi tomonidan nazorat qilingan g‘arbiy hududlarda yashaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Kamerun maktab

Baholaganlar

83

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing