Kamchatkada sayyohlar adashib, muzlab qoldi. Qurbonlar bor

Olam

image

Rossiyaning Kamchatka yarimorolida sayyohlik guruhi adashib qoldi. Oqibatda ikki kishi halok bo‘lgan, besh kishi qattiq muzlab qolgan. Bu haqda kecha, 10 aprel kuni “Novosti Rossii 76” xabar berdi.

Malum qilinishicha, Sankt-Peterburg va Cherepovetsdan 21 yoshdan 31 yoshgacha bo‘lgan to‘qqiz sayyohdan iborat guruh Nalichevo tabiat bog‘i orqali taxminan 100 kilometr yurishni va 10 aprel kuni marshrutni yakunlashni rejalashtirgan. Ular joriy yilning 28 mart kuni Pinachevo qishlog‘idan lagerga borgan. Ammo 3 aprel kuni gurux a’zolari o‘zaro janjallashib qolib, ajralgan. Menejer va yana bir sayyoh chodir hamda sun’iy yo‘ldosh telefonini olib, qisqartirilgan yo‘nalishda, yetti kishi esa hech qanday uskunalarsiz yo‘lda davom yetgan.

Qayd etilishicha, 7 apreldan keyin asosiy guruh bilan aloqa yo‘qolgan va qutqaruvchilar qidirishga kirishgan. 10 aprel kuni 7 soat davom etgan qidiruv ishlaridan so‘ng guruh topilgan va sayyohlardan ikki kishi vafot yetgani ma’lum bo‘lgan. Yana besh kishi qattiq muzlab, omon qolgan. Sayyoxlar vertolyot yordamida yevakuatsiya qilingan. 

Jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatilayotgan hamda “ehtiyotsizlik tufayli o‘limga sabab bo‘lish” va “xavfsizlik talablariga javob bermaydigan xizmatlar ko‘rsatish, oqibatda ikki yoki undan ortiq odam halok bo‘lishi” moddalari bilan jinoyat ishi ochilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Xabarovsk o‘lkasida uch kishidan iborat sayyohlar guruhi yo‘qolgan edi. Keyinroq, Oxotsk dengizi hududida baliqchilar tasodifan ularning kemasini topishga muvaffaq bo‘lgan. Lekin sayyohlardan faqatgina bir erkak omon qolgan va u vafot etgan yaqinlarining jasadlarini ham qayiqda saqlab qolgan.

Shahzoda Shukurullayeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Kamchatka Qurbonlar yarimorolida sayyohlik guruhi muzlab qolgan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing