Kambosos, Lomachenko, Xeyni, Lopes... Yengil vaznlilar taqdiri nima bo‘ladi? 

Sport

image

“Matchroom” promouter Eddi Xirn professional boksning yengil vazn toifasidagi ehtimoliy chempionlik janglari haqida fikr bildirdi.

“O‘ylaymanki, Bob Arum Vasiliy Lomachenkoni WVO yo‘nalishi bo‘yicha majburiy da’vogarga aylantirishga harakat qiladi. Demak, u qachondir o‘z imkoniyatini qo‘lga kiritadi. Lekin Jorj Kambosos (WBA, IBF, WBO, WBC Franchise chempioni) va Devin Xeyni (WBC chempioni) o‘rtasidagi mutlaq chempionlik jangi avvalroq bo‘lib o‘tadi. To‘g‘risini aytsam, Arumning Lomachenkoni majburiy davogarga aylantirishga urinishi Kambosos va Xeyni o‘rtasidagi duelni tashkil qilishda yordam berishiga ishonaman”, deydi Xirn.

Shuningdek, promouter nima uchun mutlaq chempionlik jangini o‘tkazish muhim ekanini aytib o‘tdi:

“Shunchaki, Jorj Devin bilan to‘qnash kelishni afzal ko‘radi, chunki ularning jangida Lomachenkoga qarshi majburiy himoyadan ko‘ra, yengil vazndagi barcha kamarlar ham o‘rtaga tikiladi. Kambosos yoki Xeyni Lomachenkoga qarshi jang qilishiga shubham yo‘q, lekin birinchi navbatda mutlaq chempionni aniqlashimiz kerak”.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 17 dekabr kuni “Matchroom Boxing” kompaniyasi tomonidan Toshkentda professional boks oqshomi tasheil etiladi va unda Isoil Madrimov (7-0-0) Shahram G‘iyosov (11-0-0), Hasanboy Do‘smatov (3-0-0), Bektemir Meliqo‘ziyev (7-1-0), Iqboljon Xoldorov (1-0-0), Elnur Abduraimov (7-0-0) va prof boksda debyut qilayotgan Dilshodbek Ro‘zmetov ringga ko‘tarilishi kutilmoqda. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Prof boks Lomachenko Kambosos Madrimov Devin Xeyni Xirn

Baholaganlar

9

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing