OTMda grant asosida o‘qigan talabalar qishloqlarga ishlash uchun yuboriladi

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev milliy iqtisodiyot barqarorligini ta’minlashga doir dolzarb masalalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazgani haqida xabar berilgan edi. Ushbu yig‘ilish davomida Prezident kambag‘allikni qisqartirish chora tadbirlari bo‘yicha ko‘rsatmalar berib o‘tdi.

Xususan, davlat rahbari Xitoy tajribasidan kelib chiqib, kambag‘allik darajasi yuqori bo‘lgan qishloqlarga vazirlik va idoralarni biriktirib, muhtojlarga ko‘maklashish tizimini yaratish, oilaviy tadbirkorlik va tomorqachilikni rivojlantirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Davlat granti hisobiga tahsil olgan talabalar 3 yil muddatga shunday hududlarga mehnat faoliyati uchun yo‘naltirilishi taklifi bildirildi.

Shuningdek, mamlakatda kichik biznes iqtisodiyotning o‘sish nuqtasi etib belgilangan. Yig‘ilishda tadbirkorlarga erkin raqobat muhitini yaratish uchun xususiy mulkchilikni himoya qilishga qaratilgan sud-huquq tizimini isloh etish zarurligi ta’kidlandi. Yuqori texnologiyali tarmoqlarda kichik biznes hissasi kamligi qayd etilib, bunday sub’ektlarni davlat tomonidan rag‘batlantirish mexanizmini ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi. Hududlarda kichik sanoat zonalari tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

 

Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Kambag'allik

Baholaganlar

340

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing