Kaltaklangan jurnalist Isroilga qarshi dalillarini taqdim qildi

Olam

image

Isroil kuchlari qamal ostidagi G‘azo sektoridagi odamlar ustiga osmondan fosforli bombalar yog‘dirmoqda, shu bilan birga jurnalistlarning harbiy zonalarga kirishini taqiqlayapti. Biroq avvalroq Isroil xavfsizlik kuchlari tomonidan hujumga uchragan “Anadolu” agentligi fotomuxbiri Mustafo Haruf Xalqaro sudda dalil sifatida taqdim etilgan Isroilning urush jinoyati haqidagi dalillarni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

 

Shuningdek, Haruf G‘azo chegarasidagi mojaro zonalarigacha yetib borgan birinchi jurnalistlardan bo‘ldi.

U ayni damda Isroilga qarshi olib borilayotgan Gaaga sudiga 2023 yil 9 oktyabr kuni olingan suratlarni taqdim etdi. Harufning fotolarida artilleriya snaryadlarida yozilgan kodlar, ularning fosforli bomba ekanligi aks etgan.

"Harbiy zonalardan biriga (Isroilning G‘azo chegarasidagi) yetib kelganimizda, ular avvaliga bizga kirishga ruxsat bermadi. Oramizda isroillik jurnalistlar ham bor edi. Biroq, uzoq muhokamalardan so‘ng, biz otishmalar ketayotgan hududga kirishga muvaffaq bo‘ldik. Men bu joyni har tomondan, iloji boricha hujjatlashtirdim, chunki, keyinchalik bu yerga qayta kela olmasligimni bilardim”, deydi Haruf.


Janubiy Afrikaning Isroilni G‘azoda falastinliklarga qarshi genotsidda ayblagan ishini ko‘rib chiqayotgan Xalqaro sudda Mustafo Haruf tomonidan olingan bir qancha fotosuratlar dalil sifatida taqdim etildi.

"Men olgan suratlar keyinchalik xalqaro inson huquqlari platformalarida qo‘llanilgani va (Isroil) fosforli bombalardan foydalanganini isbotlash uchun taqdim etilishi meni hayron qoldirdi", degan u.

Jurnalist Falastindagi hamma narsani tarixning bir qismi sifatida suratga olishga qaror qilganini bildirgan.

“Olayotgan surating butun bir oilaning vayron bo‘lishi, biron bir odamning o‘ldirilishi haqidaligini o‘ylash azobli”,  deya qo‘shimcha qilgan muxbir.

Biroq Harufning o‘zi 2023 yilning 15 dekabr kuni Sharqiy Quddusda Isroil qo‘shinlarining hujumiga uchragani haqida avvalroq ma’lum qilgan edik.


Maqola muallifi

Teglar

jurnalist dalillar Mustafo Haruf

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing