Isroil xavfsizlik kuchlari turk jurnalistini jarohatladi

Olam

image

Sharqiy Quddusda Turkiyaning "Anadolu" axborot agentligi foto muxbiri Isroil askarlarining hujumiga uchradi. Joriy yilning 15 dekabr kuni bosib olingan Sharqiy Quddusda navbatchilik qilayotgan SAXAL harbiylari Mustafo Harufni kaltaklashi oqibatida fotomuxbir  shifoxonaga yotqizilgan.

Voqea bir guruh falastinliklar Al-Aqso masjidi yaqinidagi "Vodi al-Joz" mahallasida namoz o‘qish uchun yig‘ilganida sodir bo‘lgan. So‘nggi 10 hafta davomida Isroil armiyasi juma namozini cheklayotgani, yig‘ilganlarga esa tazyiq o‘tkazayotgani kuzatilmoqda.

Isroil harbiylari fotomuxbirni quroli bilan urib yiqitgan, keyin esa tepkilagan. Bunga axborot agentligi foto muxbirining Isroil tomonidan falastinliklarga nisbatan fosforli bomba ishlatayotganini tasdiqlovchi suratlari sabab bo‘lgan.

Ayni paytda bu kadrlar Xalqaro Amnistiya tashkilotining hisobotiga kiritilgan va Isroilning urush jinoyatlari sodir etayotganining isboti bo‘lib turibdi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda Isroil zo‘ravonliklari oqibatida 38 jurnalist halok bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil turk jurnalisti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing