Kaltak markaziy osiyoliklar boshida sinyapti – Manija Moskvadagi terakt haqida
Madaniyat-san’at
−
27 mart
24787Rossiyalik qo‘shiqchi Manija Sangin Moskva yaqinidagi "Krokus Siti Holl" konsert zalida sodir bo‘lgan teraktning oqibatidan nafaqat tojikistonliklar, balki butun Markaziy Osiyo aholisi jabr ko‘rishidan qo‘rqishini aytdi. U o‘z Instagram sahifasiga bu haqdagi videosini joyladi.
"Men har yozni Dushanbeda buvim bilan o‘tkazardim. Bu mening hayotimdagi eng yaxshi damlar edi. Buvim menga ko‘p narsani o‘rgatdi: faqat tovoqning o‘zingga qaragan tomonidan ovqatlan, derdi u. Gap shundaki, tojiklar bir tovoqdan palov yeyishni xush ko‘radi. Bu iboraning falsafasi ham bor: kamtar bo‘l va taqdir senga berganiga rozi bo‘l, degan.
Bugun buvimning o‘lganiga 14 yil bo‘ldi. Oxirgi bir necha yil davomida men u biz ko‘rayotgan voqealarni ko‘rmaganidan xursand bo‘ldim. Terakt tufayli tojiklar va Markaziy Osiyoning barcha aholisi boshiga tushadigan qiyinchiliklar unga ta’sir qilmasligidan ham xursandman", deydi “Yevronigoh-2021” (“Eurovision-2021”) qo‘shiqlar tanlovi ishtirokchisi.
Ma’lumot uchun, "Krokus"ga qilingan hujumdan so‘ng xonanda halok bo‘lganlarning yaqinlari va qurbonlariga hamdardlik bildirgan postini e’lon qildi. Manija asos solgan "Silsila" muhojirlarga yordam jamg‘armasi terakt bilan bog‘liq holda tekin yordam ko‘rsatuvchi psixologlar guruhini ochdi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr