Kadastr xodimi 5 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi
Jamiyat
−
29 dekabr 2025 5145 1 daqiqa
Toshkent viloyatida Davlat kadastrlar palatasi xodimi korrupsion jinoyat ustida qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Davlat kadastrlar palatasining Toshkent viloyati boshqarmasi Bo‘stonliq tuman filiali xodimi mazkur tumanda joylashgan 8 sotix yer maydonidagi xonadonning kadastr hujjatlarini yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali rasmiylashtirib berish evaziga 5 ming AQSH dollari talab qilgan.
Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda mazkur shaxs talab qilingan pul mablag‘ini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan kadastr xodimiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 2-qismi “a”, “b” bandlari hamda 28, 211-moddasi (Jazoni ijro etish muassasasi ma’muriyatining qonuniy talablariga bo‘ysunmaslik) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorazmda IIO xodimi 30 ming dollar bilan qo‘lga tushgani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi