Ka’ba atrofini falakdan qushlar tavof etdilar (video)

Bu qiziq

Bir necha kundan buyon ziyoratchilar uchun yopiq turgan Ka’ba atrofini qushlar tavof qildilar. Ushbu hodisa tasvirlangan video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalmoqda. 

Islom olamidagi eng muqaddas va doim odamlar bilan gavjum bo‘lib kelgan Ka’ba atrofini falakda oq rangdagi bir gala qushlar bir necha bor aylanib uchdilar. 

Ka’ba Saudiya Arabistonining Makka shahridagi Masjid al-Haram masjidining ichida joylashgan. Bir necha kun avval bu yerda dezinfeksiyalash ishlari olib borilgan edi. Mamlakatda koronavirus tarqalgani sabab Ka’ba atrofi ziyoratchilarga yopilgandi. Video tasvir ham aynan Ka’ba atrofi ziyoratchilar uchun yopilgan vaqtda suratga olingan.

Saudiya Arabistoni qirolligi Ka’ba joylashgan Masjid al Haram yana ziyoratchilar uchun ochilganini e’lon qildi. Ammo bu yerda hozircha faqat namoz o‘qish mumkin. Boshqa amallarni bajarishga ma’lum cheklovlar mavjud.

Ma’lumot o‘rnida, koronavirus bugungacha 130 ga yaqin mamlakatda aniqlandi. Ro‘yxatda Saudiya Arabistoni ham bor. Mamlakatda kasallik chalinganlar 45 kishini tashkil etmoqda. Dunyo bo‘ylab ushbu virus bilan og‘rigan 133 101 nafarga yetdi. Qurbonlar soni esa 4949 kishini tashkil etmoqda. Kasallikni ortda qoldirib, davolanganlar esa 68 898 tani tashkil etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Ka'ba

Baholaganlar

485

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing